Alvet 360

Tavsifi:

ALVET 360 tabletkalari quyidagi kasalliklarda yirik qoramol, qo’ylar, echkilar, cho’chqalar, otlarni gelmintsizlashtirish uchun qo’llanadi:

- oshqozon-ichak nematodozlari (gemonxoz, bunostomoz, ezofagostomoz, nematodiroz, ostertagioz, xabertioz, kooperioz, strongiloidoz, trixostrongilyoz, giostrongilyoz, paraskaridoz, askaridoz);

- o’pka nematodozlari (diktiokaulyoz, protostrongilyoz, myullerioz, neostrongilyoz, sistokaulyoz, metastrongilyoz);

- sestodozlar (moniyezioz, avitellinoz, tizaniyezioz);

- trematodozlar (fastsiolyoz, dikrotselioz, paramfistomatoz).

Qo‘llash tartibi:

Yirik qoramol va qo’ylarni so’yib go’shtni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish mos holda preparatni qo’llashdan keyin 14 va 10 kun, sutni oziq-ovqat maqsadida ishlatish mos holda 3 va 4 kundan so’ng ruxsat etiladi.

Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.

Tabletkalar hayvonlarga majburan til ildiziga, bir marotaba, quyidagi dozalarda beriladi:

- yirik qoramolga – hayvonning 50 kg tana vazniga 1 tabletka, fastsiolyoz, dikrotselioz, paramfistomatoz va ostertagiozda - hayvonning 35 kg tana vazniga 1 tabletka;

- qo’ylarga va echkilarga – hayvonning 70 kg tana vazniga 1 tabletka; fastsiolyoz, dikrotselioz va protostrongiloidozda - hayvonning 45 kg tana vazniga 1 tabletka;

- otlarga - hayvonning 50 kg tana vazniga 1 tabletka;

- cho’chqalarga - hayvonning 35 kg tana vazniga 1 tabletka;

Nojo‘ya ta’siri:

ALVET 360 tabletkalari tavsiya etiladigan dozalarda qo’llanganda nojo’ya holatlar kuzatilmaydi.

Qarshi ko‘rsatmalar:

Preparatni qo’llash o’tkir fastsiolyoz holatida, hayvonlarni qochirish davrida, yuqumli kasalliklari bo’lgan va holsizlangan hayvonlar, shuningdek qo’ylar, echkilar va cho’chqalar uchun homiladorligining birinchi yarmisida, sigirlar va otlar uchun homiladorligining birinchi uchdan bir qismida ruxsat etilmaydi.

Ogohlantirish:

Gelmintsizlashtirishdan avval maxsus parhez va surgi dorilarni qo’llash talab etilmaydi.

Yoppasiga gelmintsizlashtirishdan avval preparatning har bir partiyasi avval hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. 3 sutka ichida asoratlar bo’lmasa, preparat barcha hayvonlarga beriladi.