ALVET 600 tabletkalari quyidagi kasalliklarda yirik qoramol, qo’ylar, echkilar, cho’chqalar, otlarni gelmintsizlashtirish uchun qo’llanadi:
- oshqozon-ichak nematodozlari (gemonxoz, bunostomoz, ezofagostomoz, nematodiroz, ostertagioz, xabertioz, kooperioz, strongiloidoz, trixostrongilyoz, giostrongilyoz, paraskaridoz, askaridoz);
- o’pka nematodozlari (diktiokaulyoz, protostrongilyoz, myullerioz, neostrongilyoz, sistokaulyoz, metastrongilyoz);
- sestodozlar (moniyezioz, avitellinoz, tizaniyezioz);
- trematodozlar (fastsiolyoz, dikrotselioz, paramfistomatoz).
Tabletkalar hayvonlarga majburan til ildiziga, bir marotaba, quyidagi dozalarda beriladi:
- yirik qoramolga – hayvonning 80 kg tana vazniga 1 tabletka, fastsiolyoz, dikrotselioz, paramfistomatoz va ostertagiozda - hayvonning 60 kg tana vazniga 1 tabletka;
- qo’ylarga va echkilarga – hayvonning 80 kg tana vazniga 1 tabletka; fastsiolyoz, dikrotselioz va protostrongiloidozda - hayvonning 60 kg tana vazniga 1 tabletka;
- cho’chqalarga - hayvonning 60 kg tana vazniga 1 tabletka;
- otlarga - hayvonning 70 kg tana vazniga 1 tabletka;
Gelmintsizlashtirishdan avval maxsus parhez va surgi dorilarni qo’llash talab etilmaydi.
Yoppasiga gelmintsizlashtirishdan avval preparatning har bir partiyasi avval hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. 3 sutka ichida asoratlar bo’lmasa, preparat barcha hayvonlarga beriladi.
ALVET 600 tabletkalari tavsiya etiladigan dozalarda qo’llanganda nojo’ya holatlar kuzatilmaydi.
Preparatni qo’llash o’tkir fastsiolyoz holatida, hayvonlarni qochirish davrida, yuqumli kasalliklari bo’lgan va holsizlangan hayvonlar, shuningdek qo’ylar, echkilar va cho’chqalar uchun homiladorligining birinchi yarmisida, sigirlar va otlar uchun homiladorligining birinchi uchdan bir qismida ruxsat etilmaydi.
Yirik qoramol va qo’ylarni so’yib go’shtni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish mos holda preparatni qo’llashdan keyin 14 va 10 kun, sutni oziq-ovqat maqsadida ishlatish mos holda 3 va 4 kundan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.