Alvet Albendazol 10%

Tavsifi:

Dori shakli - og‘iz orqali qo‘llash uchun oq rangdan to och sarg‘ish ranggacha bo‘lgan, o‘ziga xos hidli suspenziya.

Tarkibi:

Preparatning 1 ml ida quyidagi ta’sir etuvchi modda mavjud: - albendazol - 100 mg.

Farmakologik xususiyatlari:

Preparat tarkibidagi albendazol keng spektrli antigelmint ta’sirga ega bo‘lib, nematodalar, trematodalarning voyaga yetgan va lichinka bosqichlariga hamda sestodalarning voyaga yetgan bosqichlariga qarshi faol. Ovotsid ta’sirga ega bo‘lgani sababli, yaylovlarning gelmint tuxumlari bilan ifloslanishini kamaytiradi.

Qo‘llash tartibi:

Yirik shoxli mollar, qo‘ylar, echkilar va cho‘chqalarni nematodozlar, trematodozlar va sestodozlarda, shu jumladan protostrongilyoz, gemonxoz, ostertagioz, ezofagostomoz, trixostrongilyoz, bunostomoz, kooperioz, nematodiroz, xabertioz, moniyezioz, surunkali fassiolyozlarda davolash va profilaktika maqsadida degelmintozatsiya qilish uchun.

Preparat hayvonlarga maxsus dozator yordamida bir marta og‘iz orqali quyidagi dozalarda yuboriladi:

- yirik shoxli mollarga moniyezioz, o‘pka va oshqozon-ichak nematodozlarida - 10 kg tana vazniga 1 ml (ta’sir etuvchi modda bo‘yicha 10 mg/kg); surunkali fassiolyozda - 10 kg tana vazniga 1.5 ml (ta’sir etuvchi modda bo‘yicha 15 mg/kg);

- mayda shoxli mollarga moniyezioz, o‘pka va oshqozon-ichak nematodozlarida - 10 kg tana vazniga 2 ml (ta’sir etuvchi modda bo‘yicha 20 mg/kg); surunkali fassiolyozda - 10 kg tana vazniga 2 ml (ta’sir etuvchi modda bo‘yicha 20 mg/kg).

- cho‘chqalarga askaridoz va ezofagostomozda - 10 kg tana vazniga 1 ml (ta’sir etuvchi modda bo‘yicha 10 mg/kg).

Nojo‘ya ta’siri:

Tavsiya etilgan dozalarga rioya qilinmasa, zaharlanish yuz berishi mumkin.

Qarshi ko‘rsatmalar:

Dikrotseliozda, o‘tkir fassiolyozda, kuyukish davrida, bo‘g‘oz sigirlarda homiladorlikning birinchi uchdan bir qismida, bo‘g‘oz qo‘ylar, echkilar va bo‘g‘oz cho‘chqalarda homiladorlikning birinchi yarmida qo‘llash taqiqlanadi.

Ogohlantirish:

Preparat bir marta qo‘llaniladi. Degelmintozatsiyadan oldin maxsus parhez va ich yumshatuvchi dorilar qo‘llash talab etilmaydi.

Qadoqlash:

Preparat burama qopqoqli plastik idishlarga 1 l va 100 ml dan qadoqlab chiqariladi.

Saqlash sharoitlari:

Ishlab chiqaruvchining yopiq qadog‘ida, quruq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoyalangan joyda, oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqalardan alohida, 5°S dan 25°S gacha haroratda saqlanadi.

Yaroqlilik muddati:

Ishlab chiqarilgan kundan boshlab 3 yil.