Aminovit

VITAMIN AMINOKISLOTALI KOMPLEKS “AMINOVIT” 1 ML TARKIBI:

Tiamin (vitamin В1) — 10 mg

Riboflavin (vitamin В2) — 1mg

D-Panthenol (vitamin B5) — 2,5 mg

Piridoksin (vitamin В6) —10 mg

Inozitol (vitamin B8) — 0,2 mg

Tsianokabolamin (vitamin В12) — 0,2 mg

Foliy kislotasi — 0,15 mg

Dekstroza - 10mg

Aspargin kislotasi - 1,3mg

Treonin - 1mg

Serin - 1,92mg

Glutamin kislotasi - 1,3mg

Prolin - 1,42mg

Glitsin - 1,12mg

Alanin - 0,88mg

Tsistin - 0,1mg

Valin - 0,56mg

Metionin -0.036mg

Lizin - 0,36mg

Gistidin - 0,08mg

Arginin - 0,38mg

Leytsin - 0.036mg

Izoleytsin - 0,44mg

Tirozin - 0,14mg

Fenilalanin - 0.04mg

Triptofan - 7,2mkg

Tashqi ko'rinishi shaffof sariq-to'q sariq rangli suyuqlik.

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:

Aminovit vitamin-aminokislota kompleksi vitaminlar, aminokislotalar, mikroelementlar va glyukozaning muvozanatli miqdori mavjudligi tufayli hayvonlar organizmida stresslar, profilaktik emlashlar va degelmintizatsiyadan keyin yuzaga keladigan ushbu biologik faol moddalarning tanqisligini kompensatsiya qiladi, hayvonlarda moddalar almashinuvining me’yorlashuviga yordam beradi. Glyukoza energiya manbai bo‘lib, jigarning dezintoksikatsion funksiyasini yaxshilaydi, yurak muskulining qisqarish faoliyatini kuchaytiradi. Preparatdan foydalanish qon yaratish jarayonlarini, oksidlanish- qaytarilish reaksiyalarini rag‘batlantiradi, moddalar almashinuvini normallashtiradi, organizmning nospetsifik rezistentligini oshiradi. Organizmga ta’sir qilish darajasiga ko‘ra Aminovit vitamin-aminokislota kompleksi kam xavfli moddalar qatoriga kiradi (GOST 12.1.007-76 bo‘yicha 4 xavflilik sinfi), tavsiya etilgan dozalarda hayvonlar tomonidan yaxshi ko‘tariladi, mahalliy ta’sirlovchi, embriotoksik va teratogen xususiyatlarga ega emas.

KO‘RSATMALAR:

Qishloq xo‘jaligi va uy hayvonlariga gipovitaminozlar va oqsil almashinuvi buzilishining oldini olish va davolash, organizmning rezistentligini oshirish, shuningdek, zaharlanishlarda buyuriladi.

DOZALAR VA QO‘LLASH USULI:

Aminovit vitamin-aminokislota kompleksi hayvonlarga mushak orasiga yoki teri ostiga yuboriladi. Profilaktika maqsadida (bahorgi davrda, homiladorlik va intensiv foydalanish davrida, stresslarda, kasalliklardan keyin tiklanish davrida, emlash paytida yangi tug‘ilgan buzoqlarga) preparat hayvonning 10 kg vazniga 1,5 - 2 ml dozada haftasiga 2 marta bir oy davomida qo‘llaniladi. Davolash maqsadida Aminovit hayvonning 10 kg vazniga 3-5 kun davomida sutkasiga 2 marta 3-5 ml dozada yuboriladi. Intoksikatsiyada (sintetik va oziq-ovqat zaharlari bilan zaharlanishda) Aminovit vitamin-aminokislota kompleksi o‘n baravar terapevtik dozada qo‘llaniladi. Agar preparatning yuboriladigan dozasi 20 ml dan oshsa, uni turli nuqtalarga bir necha marta inyeksiya qilish tavsiya etiladi. Aminovit vitamin-amino- kislota kompleksi boshqa dori vositalari va ozuqa qo‘shimchalari bilan mos keladi.

NOJO‘YA TA’SIRI:

O‘ta sezuvchan hayvonlarda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

QARSHI KO‘RSATMALAR:

Preparat komponentlariga individual sezuvchanlikning oshishi.

MAXSUS KO‘RSATMALAR:

Aminovit vitamin-aminokislota kompleksi qo‘llanilgan hayvonlardan olingan mahsulotlar cheklovlarsiz ishlatiladi.

SAQLASH SHARTLARI:

Ehtiyotkorlik bilan B ro‘yxati bo‘yicha 5 dan 25 °C gacha bo‘lgan haroratda bolalar va hayvonlar kira olmaydigan quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda. Yaroqlilik muddati - 24 oy.