Barsok Sprey

Tavsifi:

Barsok spreyi - it va mushuklarni burga va kanalardan himoya qilish uchun samarali insektoakaritsid vosita bo‘lib, darhol nobud bo‘ladi va 1-2 oy davomida kuchli qo‘rqituvchi ta’siri saqlanib qoladi.

Tarkibi:

Barsok spreyi (100 ml.) tarkibida ta’sir etuvchi modda, fipronil - 0,28-0,3% ni tashkil etadi.

Farmologik xossalari:

Barsok sprey tizimli ta’sirga ega preparat emas. Hayvonlarning epidermisida va yog‘ bezlarida to‘planib, ektoparazitlarga kontaktli insektoakaritsid ta’sir ko‘rsatadi.

Maqsad:

Preparat mushuk va itlarni burga, bit, chivin, quloq va iksod kanalaridan davolash va oldini olish uchun ishlatiladi.

Qo'llanishi:

Hayvonga ishlov berish ochiq joyda yoki yaxshi shamollatiladigan xonalarda himoya qo‘lqoplari kiyib olib boriladi.

Ishlov berishdan oldin FIPRONIL spreyi yaxshilab chayqatiladi.

Bir qo‘l bilan richagni jadal bosib, preparat teridan 10-20 sm masofada sepiladi, ikkinchi qo‘l bilan esa hayvonlarning juni uning o‘sishiga qarshi o‘tkaziladi, uni shunday ko‘tariladiki, preparat nafaqat junni, balki terini ham ho‘llaydi.

Shundan so‘ng preparatning kirib borishini yaxshilash va tezlashtirish uchun terini ishqalash kerak.

Nihoyat, bir bo‘lak matoni preparat bilan ho‘llab, quloqlar, iyak, teri burmalari, panjalar va ko‘z atrofiga ehtiyotkorlik bilan ishlov bering.

Do'zalash:

Ishlov berish 80-100 g hayvon og‘irligiga purkagichning 1 marta bosishi (1 kg og‘irlikka 10-14 marta bosishi) hisobiga amalga oshiriladi.

Kanalarga qarshi ishlov berish - har 30 kunda 1 marta.

Burgalarga qarshi ishlov berish - har 60-70 kunda 1 marta.

Zarur hollarda qayta ishlov berish mumkin. Uzun junli hayvonlar uchun preparat dozasini 20-25% ga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Foydalanishga nisbatan ogohlantirish:

Barcha muolajalar himoya qiluvchi rezina qo‘lqoplarda amalga oshiriladi.

Agar preparat teri va shilliq pardalarga tushsa, uni suv bilan yuvish kerak.

Preparatni hayvonning ko‘ziga to‘g‘ridan to‘g‘ri tushishiga yo‘l qo‘ymang.

5-10 daqiqa davomida ishlov berilgandan keyin hayvonlarning preparatni yalab olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Ishlov berish tugagandan keyin qo‘llarni iliq suv bilan sovunlab yuving.

Hayvonni ishlov berishdan 3 kun oldin va 3 kun davomida cho‘miltirish tavsiya etilmaydi.

Preparat bilan ishlov berilgandan keyin shampunlardan tez-tez foydalanish preparatning ta’sir qilish muddatini qisman qisqartiradi.

Qarshi ko'rsatmalar:

2 haftalik yoshdan kichik kuchukchalar va mushukchalarga ishlov bermang.

Ishlab chiqarish shakli:

Pulverizatorli flakon 250 ml.

Saqlash shartlari:

+10 dan +25°S gacha bo‘lgan haroratda quruq va qorong‘i joyda oziq-ovqat mahsulotlaridan alohida saqlanadi.

Yaroqlilik muddati:

Tayyorlangan sanasidan boshlab 2 yil.