Butavit inyeksiya

Tarkibi:

Butafosfan 100 mg

Vitamin B12 0,05 mg

Farmakologik xossalari:

Metabolik va regenerativ jarayonlarni normallashtiradi, oqsil, uglevod va yog‘ almashinuviga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, organizmning tashqi muhitning noqulay omillariga chidamliligini oshiradi, yosh hayvonlarning o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradi. Preparat tarkibiga kiruvchi butafosfan jigar funksiyasini yaxshilashga yordam beradi, metabolik jarayonlarni rag‘batlantiradi, silliq mushaklarning harakat faolligini oshiradi, suyak to‘qimasining hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi. Vitamin V12 qon yaratish, nuklein kislotalar sintezi jarayonlarini faollashtiradi, limfotsit-supressorlar darajasini me’yorgacha tiklaydi, metionin sintezida ishtirok etadi, glikogen hosil bo‘lishiga yordam beradi, dezoksiriboza hosil bo‘lishi va DNK sintezi uchun zarur bo‘lgan energiya zaxiralarini safarbar qiladi.

Ko‘rsatmalar:

Turli etiologiyali moddalar almashinuvi buzilganda yirik va mayda shoxli mollar, otlar, cho‘chqalar, itlar, mushuklar va qishloq xo‘jalik parrandalariga, shuningdek rag‘batlantiruvchi va quvvatlantiruvchi vosita sifatida: tug‘ruq faoliyatini faollashtirish va tug‘ruqdan keyingi asoratlarning (bachadonning yorilishi, tug‘ruq parezi) oldini olish maqsadida;

turli etiologiyali kasalliklarga (bakterial, virusli, gelmintozlar, araxnoentomozlar, intoksikatsiyalar) va tashqi muhitning noqulay omillariga organizmning qarshiligini oshirish uchun;

jigar, oqsil, uglevod va yog‘ almashinuvi funksiyalarini hamda regenerativ jarayonlarni normallashtirish uchun;

organizmda kalsiy va magniy yetishmasligi bilan bog‘liq kasalliklarni davolashda qo‘shimcha vosita sifatida;

yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni davolashda qo‘shimcha vosita sifatida;

hayvonlarning mahsuldorligini oshirish, yosh mollarning o‘sishi va rivojlanishini rag‘batlantirish uchun.

Dozalari va qo‘llash usuli:

Yirik va mayda shoxli mollarga, otlarga, cho‘chqalarga, itlarga, mushuklarga sutkasiga bir marta muskul orasiga, teri ostiga yoki vena ichiga (sekin) quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan dozalarda qo‘llaniladi:

Hayvon turi:

- yirik qoramollar, otlar

- buzoqlar, toylar

- qo'ylar, echkilar

- qo'zilar, uloqlar

- itlar, mushuklar

- etxo'r hayvonlar

- jo'jalar

- tuxum beradigan tovuqlar va broylerlar

Doza (ml har bir hayvon uchun)

10- 25 ml;

5 - 12 ml;

2,5 - 8 ml;

1,5 - 2,5 ml;

0,5 - 5 ml;

0,5 - 2,5 ml;

1,0 - 2,5 ml;

2,0 - 3,0 ml - 1 litr suvga