«Enroflovet 10%» (inyeksiyalar uchun eritma).
Preparatning faol ta’sir qiluvchi moddasi enrofloksatsindir. 1 ml preparatda 100 mg enrofloksatsin mavjud.
Preparat och sariq rangdan sariq ranggacha, ko’rinuvchan mexanik aralashmalari bo’lmagan steril shaffof eritmadir.
Preparat ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha) quruq, yorug’likdan pana joyda, +5°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
Belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda preparatning yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 2 yil.
Preparatning tarkibiga kiruvchi enrofloksatsin ftorxinolonlar guruhiga kiradi. Enrofloksatsinning bakteriyalar hujayralariga ta’sir etish mexanizmi olma kislotasining biosintezini to’xtatishga asoslanadi. Bu patogen mikroorganizmlarning morfologik o’zgarishlarini va tez o’lishini keltirib chiqaradi. Preparat tez so’rilishi va qon zardobida yuqori konsentratsiyaga yetishi xususiyatlariga ega.
Preparat gram-musbat bakteriyalar (stafilokokklar, streptokokklar, korinebakteriyalar, klostridiyalar va listeriyalar), gram-manfiy bakteriyalar (ichak tayoqchasi, salmonellalar, klebsiyellalar, proteylar, iyersiniyalar, gemofil bakteriyalar, pasterellalar, aktinobatsilluslar, psevdomonalar, bordetellalar, brutsellalar, kampilobakteriyalar) va mikoplazmalarga nisbatan keng doirali antibakterial ta’siriga ega.
Enroflovet inyeksiya joyidan tez so’riladi va organizmning barcha a’zolari va to’qimalarga kirib o’zlashadi. Preparatning qondagi maksimal konsentratsiyasiga kiritishdan keyin 0,5-1 soat o’tganda erishiladi va 4-6 soat davomida, davolaydigan konsentratsiyasi esa qonda 24 soat davomida saqlanadi.
Preparat organizmda amalda biotransformatsiyaga uchramaydi va o’zgarmagan holda, asosan siydik bilan va o’t bilan chiqariladi.
Preparat qishloq xo’jalik hayvonlar va parrandalarda quyidagi kasalliklarni profilaktika qilish va davolash uchun belgilanadi:
- kavsh qaytaruvchi hayvonlar: enteritlar, respiratorli yuqumli kasalliklar, kolibakterioz, pasterellyoz, salmonellyoz, mikoplazmoz, klostridioz, dizenteriya, leptospiroz;
- cho’chqalar: oshqozon-ichak tizimining bakterial kasalliklari (kolidiarreya, koliseptitsemiya) va nafas olish yo’llarining bakterial kasalliklari;
- quyonlar: pasterellyoz, enterotoksemiya, enteritlar, dizenteriya, respiratorli yuqumli kasalliklar, listerioz, endometrit, tumov, rodentioz va hokazo;
- mo’ynali hayvonlar (norka, tulki, shimol tulkisi), itlar: oshqozon-ichak tizimining va nafas olish yo’llarining bakterial kasalliklari, leptospiroz;
Preparat mushak ichiga sutkasiga 1 martta qo’llanadi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar, cho’chqalar: sutkalik dozasi hayvonning 20 kg tana vazniga 0,5-1 ml preparat (1 kg vazniga 2,5 - 5 mg enrofloksatsin) hisobidan belgilanadi. Davolash kursi – kasallikning og’irligiga qarab, 3-5 kun.
Mo’ynali hayvonlar (norka, tulki, shimol tulkisi), itlar: sutkalik dozasi hayvonning 10 kg tana vazniga 0,5 ml preparat (5 mg enrofloksatsin) hisobidan belgilanadi. Davolash kursi - kasallikning og’irligiga qarab, 3-5 kun. Profilaktika maqsadida 3-5 kun davomida davolash dozasining yarmisi belgilanadi.
Ehtimoliy og’riq reaksiyasi bo’lmasligi uchun, preparat yrik hayvonlarga bir joyiga ko’pi bilan 2-3 ml va mayda hayvonlarga ko’pi bilan 1 ml miqdorda kiritish kerak.
Cho’chqalarda enrofloksatsin inyeksiyalari ba’zan mahalliy achishishni keltirib chiqaradi. Davolash davrida buzoqlarda va cho’chqachalarda ba’zan ovqatni hazm qilish buzilishi kuzatilishi mumkin. Enrofloksatsin preparatini qo’llash mayda va o’rtacha zotli itlarda 2 oydan 8 oygacha yoshida, yirik va sekin o’sadigan zotlarda esa 18 oygacha bo’g’im tog’aylarida o’zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Preparat otlarga, homilador itlarga va tuqqan cho’chqalarga, shuningdek sut emizadigan itlarga qo’llash mumkin emas. Preparatni 8 oydan yoshroq mushuklar, 12 oygacha yoshdagi itlarga, yirik zotli itlarga esa 18 oygacha qo’llash mumkin emas. «Enroflovet-10%» sut sog’iladigan hayvonlarga qo’llanishi ruxsat etilmaydi.
Mos kelmaydigan holatlar. Preparat tetratsiklinlar, makrolid antibiotiklar, levomitsetin bilan bir vaqtda qo’llanishi mumkin emas.
Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish va sutni iste’mol qilish, mos holda, preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 14 kun va 4 sutka o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali hayvonlarga yedirish uchun, olingan sut esa – qishloq xo’jalik hayvonlariga ichirish uchun ishlatish lozim.