Shaffof yoki och sariq rangdagi qovushoq konsistensiyali suyuqlik.
Preparatning 1 ml tarkibida faol modda: ivermektin - 10,0 mg mavjud.
Ivermektin keng qamrovli antiparazitar ta’sirga ega. U parazitlarda nerv impulslari o‘tkazilishini buzadi, natijada ular falajlanib, nobud bo‘ladi. Preparat issiq qonli hayvonlar uchun zaharlidir. Davolash dozasida embriotoksik, teratogen, mutagen va kumulyativ xususiyatlarga ega emas.
Ivermektin qoramol va qo‘ylarga: diktiokaulyoz, ostertagioz, gemonxoz, trixostrongilez, kooperioz, xabertioz, protostrongilez, ezofagostomoz, nematodiroz, bunostomoz, strongiloidoz, trixotsefalezda; cho‘chqalarga: askaridoz, ezofagostomoz, trixotsefalez, metastrongilez, strongiloidozda qo‘llaniladi.
Preparat qoramollarga bir marta, bo‘yin yoki kurak sohasiga teri ostiga yuboriladi; qo‘ylarga tirsak burmasi junsiz qismiga faol modda hisobiga 0,2 mg/kg dozada, ya’ni 50 kg tana vazniga 1 ml eritma hisobida;
Tavsiya etilgan dozalarga rioya qilinmasa, zaharlanish yuz berishi mumkin.
Urg‘ochi hayvonlarga tug‘ishdan ikki hafta oldin va tug‘gandan keyin ikki hafta davomida, shuningdek ozg‘in, kasal va sut beruvchi hayvonlarga qo‘llash man etiladi.
Qoramol va qo‘ylarni go‘sht uchun so‘yishga preparat qo‘llanilgandan 28 kun o‘tgach, cho‘chqalarni esa 21 kundan keyin ruxsat etiladi.
Preparat 10 ml va 100 ml hajmli shisha idishlarga qadoqlanadi.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 0°C dan 30°C gacha haroratda saqlanadi.
2 yil.