Ixtiol 20%

Tarkibi va farmakologik xossalari:

20% li ixtiol surtmasi 100 g da ta’sir etuvchi modda sifatida 20 g ixtiol, yordamchi modda sifatida esa tibbiy vazelin yoki veterinariya vazelinidan iborat.

Preparat tarkibiga kiruvchi ixtiol tarkibidagi aromatik birikmalar va organik bog‘langan oltingugurt hisobiga yallig‘lanishga qarshi, antiseptik, mahalliy anestetik va keratoplastik ta’sirga ega. Teriga va shilliq pardalarga surtilganda u sezuvchi nerv oxirlarining kuchsiz ta’sirlanishiga olib keladi, bu ularning sezgirligi pasayishi bilan almashinadi, bu esa to‘qimalar trofikasini o‘zgartiruvchi reflekslarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Teri va teri osti qavatlarining yallig‘lanish sohasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, tomirlar tonusini tartibga soladi, qon aylanishini tiklaydi, infiltratlarning so‘rilishiga yordam beradi.

Saqlash:

10% li ixtiol moyi ishlab chiqaruvchining yopiq qadog‘ida, to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoyalangan joyda, oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqalardan alohida, 5°S dan 25°S gacha haroratda saqlanadi.