Oksivet 500

UMUMIY MA’LUMOTLAR:

«Oksivet» - bakteriostatik antibiotik bo’lib, har bir tabletkada ta’sir etuvchi moddasi sifatida 500 mg oksitetratsiklin va yordamchi moddalar mavjud.

SAQLANISHI:

Preparat ehtiyotlik bilan (B ro’yxati) ishlab chiqaruvchining o’ramida, yorug’likdan himoyalangan joyda, namlik tushishidan asrab, bolalar yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatnig yaroqlilik muddati saqlash sharoitlariga amal qilish sharti bilan - 3 yil.

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:

«Oksivet» - bakteriostatik ta’sir etuvchi antibiotikdir. Preparatda oksitetratsiklin magniy bilan birikma holatida bo’lib, bu uning uzoq muddatli (uzaytirilgan) ta’sirini belgilab beradi. Preparat tarkibiga kiruvchi oksitetratsiklin aminoatsil-tRNK ning ribosomalarning 30S-subbirligi bilan bog’lanishini bloklaydi va bakterial oqsilning sintezini ingibirlaydi. Ta’sir qilish doirasi gram- musbat va gram-manfiy bakteriyalarning ko’pchiligini qamrab oladi, ya’ni: streptokokklar, stafilokokklar, korinebakteriyalar, klostridiyalar, erizipelotrikslar, pasterellalar, fuzobakteriyalar, salmonellalar, psevdomonadalar, gemofiluslar, antinobakteriyalar, shigellalar, esherixiyalar, xlamidiyalar, rikketsiyalar, spiroxetalar va mikoplazmalar.

QO’LLASH TARTIBI:

«Oksivet» - Yirik shoxli qoramollarga: 1 tabletka 50kg xisobida bir kunda 2 marttagacha beriladi.

Qo’ylar, echkilar va cho’chqalarga: 1 tabletka 50kg xisobida bir kunda 2 marttagacha beriladi.

Uy parrandalariga: 1 tabletka 30ta jo’ja yoki 1 tabletka 15 ta tovuq xisobida bir kunda 1 martta beriladi.

Davolash jarayoni 3-5 kun.

EHTIYOT CHORALARI:

Preparat bilan ishlaganda veterinariya vositalari bilan ishlashda ko’zda tutilgan shaxsiy gigiyena va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.