«Prazimek» - antigelmint preparati bo’lib, har bir tabletkada ta’sir etuvchi moddasi sifatida 50 mg prazikvantel va yordamchi moddalar mavjud.
Preparat ehtiyotlik bilan (B ro’yxati) ishlab chiqaruvchining o’ramida, yorug’likdan himoyalangan joyda, namlik tushishidan asrab, bolalar yeta olmaydigan joyda, –8°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatnig yaroqlilik muddati saqlash sharoitlariga amal qilish sharti bilan - 3 yil.
«Prazimek» – keng doirada ta’sir etuvchi antigelmint preparati, hayvonlar exinokokkozi, difilobotriozi, dipilidozi, gidatigerozi, multitseptozi va oriyentobilxarsiozi kasalliklariga qo’llanadi. Preparatning ta’sir etish mexanizmi fumaratreduktaza ta’sirini bosishda, hujayra membranalari o’tkazuvchanligi va nerv-mushak innervatsiyasi buzilishidan iborat, bu esa gelmintlarning falajiga va o’limiga olib keladi.
Preparat issiq qonli hayvonlar uchun kam zaharli (oq sichqonlar uchun LD50 og’iz orqali ichilganda 2650 mg/kg ni tashkil etadi). Tavsiya etilgan dozalarda mahaliy achishtiruvchi, embriotoksik, teratogen va sezgirlikni oshiruvchi xususiyatlariga ega emas.
«Prazimek» exinokokkoz, difilobotrioz, dipilidoz, gidatigeroz, multitseptoz va oriyentobil- xartsioz holatida hayvonlarni gijjalardan tozalash uchun bir martta ishlatiladi.
«Prazikvantel» preparatining granulalari yoki tabletkalari hayvonlar uchun ichiga, og’iz orqali, avvaldan och qoldirilmagan holda, bir martta, individual tarzda etxo’r hayonlarga 1 ta tabletka 10 kg tana vazni hisobida qo’llanadi. Oriyentobilxartsiozda preparatning do’zasi 25 mg/kg vazinga teng.
Profilaktika maqsadida itlar va mushuklarga har yil choragida yuqoridagi dozada gijjalarni tozalash uchun beriladi.
Preparat bilan ishlaganda veterinariya vositalari bilan ishlashda ko’zda tutilgan shaxsiy gigiyena va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.