tetratsiklin – 10 mg, veterinariya vazelini.
keng ta’sir doirasiga ega antibiotik hisoblanadi; gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarga, rikketsiyalarga, traxoma va ornitoz qo‘zg‘atuvchilariga qarshi faol.
Tetratsiklin 1% li malham hayvonlarda infeksion etiologiyali ko‘z kasalliklarini: konyunktivit, blefarit, traxoma, shox parda shikastlanishi va bakterial qo‘zg‘atuvchilar keltirib chiqaradigan boshqa kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi.
Malham shisha tayoqcha yordamida hayvonning pastki qovog‘i ostiga qo‘yiladi. Yengil uqalash harakatlari bilan qovoqning tashqi tomonidan paxta tampon yordamida konyunktival xaltacha bo‘ylab tarqatiladi. Malham tuzalguncha har kuni 3-5 marta surtiladi. Kasallikning kechishiga qarab, dori vositasining dozasi bir hayvonga 0,2-0,4 g ni tashkil etishi mumkin.
hayvonning tetratsiklinga, oksitetratsiklinga, xlortetratsiklinga sezgirligi bo‘lsa; boshqa mahalliy qo‘llaniladigan vositalar bilan bir vaqtda ishlatish.
Tetratsiklin 1% malhami bilan ishlashda dori vositalari bilan ishlash uchun belgilangan shaxsiy gigiyena va xavfsizlik texnikasining umumiy qoidalariga rioya qilish lozim.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlang.
Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
Quruq, qorong‘i joyda saqlang.
Saqlash harorati +20°S gacha.
Yaroqlilik muddati – 2 yil.