Ta’sir etuvchi moddalar sifatida 3% li tetratsiklin malhamining 100 grammida: tetratsiklin gidroxlorid – 3 gramm mavjud.
Malham tarkibiga kiruvchi tetratsiklin gidroxlorid keng ta’sir doirasiga ega antibiotik hisoblanadi. U gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga, shuningdek, spiroxetalar, leptospiralar, rikketsiyalar va yirik viruslarga qarshi faol.
Tetratsiklinning ta’sir mexanizmi mikrob hujayrasi oqsil sintezini ribosoma darajasida to‘xtatishdan iborat.
Tetratsiklin 3% li malhami mikroblarga qarshi va yaralarni tez bitiruvchi xususiyatlarga ega.
Tetratsiklin 3% li malhami hayvonlarda infeksiyalangan yaralar, kuyishlar, chipqonlar, follikulitlar va ekzemalarni davolash uchun qo‘llaniladi.
Hayvonning dori vositasi tarkibidagi moddalarga yuqori darajada sezgirligi preparatni qo‘llashga qarshi ko‘rsatma hisoblanadi.
Tetratsiklin 3% li malhami tashqi qo‘llanishga mo‘ljallangan bo‘lib, terining shikastlangan joyiga yupqa va bir tekis qatlam qilib surtiladi yoki steril dokali bog‘lamga surtib, yaraga qo‘yiladi. Bu muolaja kuniga 1-2 marta, jarohatning og‘irlik darajasiga qarab 7-10 kun davomida amalga oshiriladi. Zarur hollarda yara yuzasi tozalanadi.
Kichik hayvonlarning dori vositasini yalashining oldini olish uchun ularga bo‘yin yoqa kiydiriladi yoki bint bilan bog‘lanadi.
Ushbu yo‘riqnomaga muvofiq 3% li tetratsiklin malhami qo‘llanilganda, odatda nojo‘ya ta’sirlar va asoratlar kuzatilmaydi.
Hayvonning dori vositasi tarkibidagi moddalarga yuqori sezgirligi aniqlansa va allergik reaksiyalar paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llash darhol to‘xtatiladi. Malham teri yuzasidan doka tampon bilan olib tashlanadi, zarur hollarda hayvonga antiallergik dorilar va simptomatik davolash vositalari tayinlanadi.
Tetratsiklin 3% li malhami 5°C dan 25°C gacha bo‘lgan haroratda saqlanadi.
Tetratsiklin 3% li malhamining yaroqlilik muddati ishlab chiqaruvchining yopiq o‘ramida, saqlash shartlariga rioya qilingan holda ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yilni tashkil etadi.