Zentriks - yosh qoramollar, otlar va qo'ylarni bo‘rdoqiga boqish va chidamliligini oshirish uchun, shuningdek, mushuk va itlarning o‘sishini tezlashtirish va jun sifatini yaxshilash uchun mo‘ljallangan preparat.
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha tiniq shaffof bo‘lgan suyuqlik bo‘lib, silkitilganda ko‘piklanadi.
Zentriks biopreparati tarkibida peptidlar, nukleozidlar, nukleotidlar asoslari va boshqa biologik faol birikmalar kamida 3 mg/ml bo‘lgan eritma.
Zentriks faqat almashinuv jarayonlariga kompleks ta’sir ko‘rsatuvchi, hayvonning gormonal va immun holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy komponentlarni o‘z ichiga oladi. Preparat fiziologik chegaralarda tireoid gormonlar va androgen gormonlar sekretsiyasini oshiradi. Tireoid gormonlar organizmning o‘sishi va rivojlanishini, to‘qimalarning o‘sishi va tabaqalanishini rag‘batlantiradi, oqsillar almashinuviga anabolik ta’sir ko‘rsatadi, o‘sish gormonini faollashtiradi. Preparat tarkibidagi past molekulyar peptidlar regulyator funksiyalarga ega bo‘lib, surunkali va autoimmun kasalliklarni davolashda terapevtik ta’sir ko‘rsatadi.
Zentriks interferon mediatorlari sintezini faollashtirish orqali organizmning rezistentligini oshiradi, jigar hujayralarining toksinlar va zaharlar ta’siriga chidamliligini oshiradi, teri-soch qoplamining holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Biopreparat qo‘llanilganda mushak massasining o‘rtacha kunlik o‘sishi 12 - 25% atrofida sezilarli darajada oshadi, ozuqaning konversiyalanishi yaxshilanadi, bu ayniqsa bo‘rdoqiga boqish va keyinchalik so‘yish uchun ishlatiladigan mahsuldor hayvonlar uchun muhimdir.
Zentriks, antibakterial preparatlar, vitamin-mineral komplekslar va boshqa kimyoterapevtik vositalar bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkin. Issiq qonli hayvonlar organizmiga ta’sir darajasi bo‘yicha Nukleopeptid kam xavfli moddalar qatoriga kiradi va tavsiya etilgan dozalarda mahalliy ta’sirlovchi, rezorbtiv-toksik va sensibilizatsiya ta’siriga ega emas.
Qoramol va mayda shoxli hayvonlarga bo‘rdoqilashda osilishni ko‘paytirish va yosh mollarning chidamliligini oshirish uchun buyuriladi.
It va mushuklarga Zentriks yosh mollarning o‘sishini tezlashtirish va katta yoshdagi hayvonlarda mushak massasini oshirish, teri kasalliklarida jun qoplamini tiklash va sog‘lom hayvonlarda jun sifatini yaxshilash, shu jumladan ko‘rgazmalarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida qo‘llaniladi. Teri, teri osti kletchatkasi va otitning surunkali, sust kechuvchi yallig‘lanish kasalliklarini kompleks davolashda, o‘sish va rivojlanishdan ortda qolishda, shuningdek, barcha turdagi hayvonlarda rezistentlikni oshirish uchun.
Preparat solingan flakonlarni ishlatishdan oldin silkitish kerak. Ozuqalanadigan hayvonlarning osilishini oshirish uchun Zentriks bo‘yinning o‘rta uchdan bir qismiga 0,1 - 0,2 ml/kg tirik vazn dozasida, lekin bir joyga ko‘pi bilan 10 ml, sutkada bir marta ketma-ket 3 kun, keyinchalik har 15 kunda 1 marta 2-3 oy davomida teri ostiga yuboriladi. Hayvon so‘yilishidan 10 kun oldin preparat qabul qilish to‘xtatiladi.
Ko‘rgazmadan oldin preparat mo‘ljallangan tadbirlardan bir oy oldin 3-5 kun davomida teri ostiga yoki og‘iz orqali bir xil dozalarda buyuriladi. Jismoniy yuklamalar ko‘payganda va junning holatini yaxshilash uchun preparat 15 kunda 1 marta, lekin 6 oydan ko‘p bo‘lmagan holda qo‘llaniladi, shundan so‘ng 2-3 oy tanaffus qilish kerak.
Mushuk va itlarning turli etiologiyali teri va surunkali kasalliklarida maxsus terapiya bilan birgalikda preparat teri ostiga yoki ichishga har kuni 5-7 kun davomida tana vazniga nisbatan 0,1-0,4 ml dan yuboriladi. Zarur hollarda kurs bir oydan keyin takrorlanadi.
Hayvonning Zentriksga individual yuqori sezuvchanligi. Preparatni hayvonlarga immunizatsiya davrida, shuningdek, o‘tkir yuqumli kasalliklar va ozish davrida buyurish tavsiya etilmaydi.
Juda kam hollarda o‘ta sezgir hayvonlarda Zentriks komponentlariga allergik reaksiya rivojlanishi mumkin. Preparat surunkali va yashirin kasalliklarning kechishini kuchaytirishi mumkin, bu uni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi.
Flakon tarkibida mexanik aralashmalar yoki cho‘kma bo‘lsa, preparatni ishlatmang. Preparat bilan manipulyatsiyalarni o‘tkazishda har bir hayvon uchun individual ravishda faqat steril ignalardan foydalaning.
Quruq va salqin, to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoyalangan hamda bolalar va hayvonlar kira olmaydigan joyda, oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqalardan alohida +2°C dan +20°C gacha haroratda saqlanadi. Saqlash shartlariga rioya qilinganda yaroqlilik muddati - 2 yil. Ochilgan flakonlar xolodilnikda bir sutkadan ortiq saqlanmaydi.